Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
“Parpashabof” mahallasida “Mahalla yettiligi” bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Rasulova tomonidan “Parpashabof” mahalla fuqarolar yig‘inida “Mahalla yettiligi” vakillari bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, “Mahalla yettiligi”ning faoliyati hamda hududda mavjud muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Jumladan, aholi murojaatlarini o‘rganish, mavjud ijtimoiy masalalarni aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, mahallada obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, “Mahalla yettiligi” a’zolarining o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish, aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, bandlikni ta’minlash hamda fuqarolar murojaatlariga tezkor yechim topish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Uchrashuvning asosiy masalalaridan biri O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish masalasi bo‘ldi. Shu munosabat bilan mahalla hududini obodonlashtirish, ko‘chalar va jamoat joylarini tartibga keltirish, bayram tadbirlarini mazmunli va yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari ko‘rib chiqildi.

Bayram arafasida mahallada tozalik va obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish, aholi, mahalla faollari va mas’ul tashkilotlar hamkorligini yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.

Uchrashuv va o‘rganish ishlariga Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4