Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Obod mahalla — farovon hayot garovi!
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
Obod mahalla — farovon hayot garovi!


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi raisi M.Ashurov tomonidan tumandagi mahallalarda olib borilayotgan obodonlashtirish, infratuzilmani rivojlantirish hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi ishlar holati o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida mahallalarning sanitariya-obodonlashtirish holati, ichki yo‘llar, piyodalar yo‘laklari, ko‘cha va hududlarni yoritish tizimi, elektr ta’minoti, ichimlik suvi hamda boshqa ijtimoiy infratuzilma obyektlarining holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, hududlarda obodonlashtirish ishlarining tizimli tashkil etilishi, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish, aholining murojaatlarini manzilli o‘rganish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘rganish jarayonida mahalla hududlarini yanada ko‘kalamzorlashtirish, ko‘chalarni tartibga keltirish, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish hamda mavjud infratuzilma obyektlaridan samarali foydalanish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Ayniqsa, aholining kundalik turmushiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi ichki yo‘llarning holatini yaxshilash, piyodalar harakati xavfsizligini ta’minlash, ko‘cha yoritish tizimini yaxshilash va hududlarda sanitariya tozaligini ta’minlash masalalari deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan mahallalarda aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish, aholining qonuniy talab va takliflarini qo‘llab-quvvatlash hamda hududlarda munosib yashash sharoitlarini yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.
Slide 1 of 5