Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
“Kimyogarlar o‘yingohi” hududidagi holat o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Qaxxarova tomonidan “Kalvak” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adhamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida joylashgan “Kimyogarlar o‘yingohi”ning bugungi holati ko‘zdan kechirildi. Mazkur o‘yingoh hozirgi kunda o‘ta tashlandiq holatga kelib qolgani aniqlandi.

Shuningdek, o‘yingoh joylashgan hududda tadbirkorlik subyekti tomonidan ko‘p qavatli uy-joy qurish loyihasi bo‘yicha tashabbus bildirilgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur loyiha yuzasidan mahalla aholisi tomonidan norozilik va murojaatlar bildirilayotgani aniqlandi. Shu munosabat bilan deputat tomonidan masala joyiga chiqib o‘rganildi, o‘yingoh hududining mavjud holati va undan foydalanish masalalari ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunida mahalla fuqarolarining fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda mazkur masalani tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda batafsil o‘rganish hamda qonuniy yechim topish zarurligi qayd etildi. Masala deputat F.Qaxxarova nazoratiga olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 7