Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
“Kalvak” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Qaxxarova tomonidan “Kalvak” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodim faoliyati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Jumladan:
Umarova Zumratxon — Amir Umarxon ko‘chasi 121G/8-uyda istiqomat qiluvchi, II guruh nogironi bo‘lgan fuqaroning hamda farzandi A.Yusupovning bolalikdan II guruh nogironi ekani inobatga olinib, oilani ijtimoiy reyestrga kiritish masalasi ijobiy hal etildi.
Amir Umarxon ko‘chasi 149-xonadonda istiqomat qiluvchi Sh.Yahyayevaning farzandi xayriya mablag‘lari hisobidan operatsiya qildirilgani ma’lum bo‘ldi.

4 nafar fuqaroga bepul davolanish uchun tavsiya berilgan:
M.Nazirova — Muqimiy ko‘chasi, 140-uy;
M.Husanjonova — Bahmalbof ko‘chasi, 136-uy;
D.Murodova — Amir Umarxon ko‘chasi, 121/15-uy;
M.Yo‘ldosheva — Amir Umarxon ko‘chasi, 121/18-uy.

Shu bilan birga, mazkur fuqarolarning hech biri ushbu imtiyozdan foydalanmagani ham aniqlandi.

Shuningdek, 4 nafar fuqaroga uy-joylarini ta’mirlash uchun mablag‘ ajratilgani, shundan 2 nafarining xonadoni ta’mirlab berilgani, yana 2 nafar fuqaroning arizasi qaytarilgani ma’lum bo‘ldi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 1