Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
Ichki yo‘llar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat F.Axmedov aholidan kelib tushgan murojaatlar ijrosini ta’minlash maqsadida mahalladagi ta’mirtalab ichki yo‘llar holatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

🔺O‘rganish jarayonida ichki ko‘chalarning amaldagi holati ko‘zdan kechirilib, A.Xidoyatov, Nafosat, Buyuk avlod ko‘chalarning ichki yo‘l qoplamalarning eskirgani, chuqurlar hosil bo‘lgani hamda bu holat aholi, ayniqsa, piyodalar va avtotransport harakati uchun noqulayliklar tug‘dirayotgani qayd etildi.

🔺Deputat tomonidan aholi bilan muloqot o‘tkazilib, yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha taklif va fikrlar tinglandi. Fuqarolar tomonidan ichki yo‘llarni asfaltlash hamda yomg‘ir suvlari chiqib ketishini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rish yuzasidan takliflar bildirildi.

🔺O‘rganish yakunlari bo‘yicha mazkur ichki yo‘llarni bosqichma-bosqich ta’mirlash maqsadida ularni tegishli manzilli dasturga kiritish zarurligi belgilandi. Bu borada mutasaddi tashkilotlarga tegishli takliflar kiritilishi va masalaning ijrosi deputatlik nazoratiga olinishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2