35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
HUDUDNING INVESTITSIYAVIY JOZIBADORLIGI — DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan saylov okruglarida hududning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda mavjud muammolarni aniqlash maqsadida manzilli o‘rganishlar olib borilmoqda.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-sentabrdagi 580-son qarori bilan “Hududlarning investitsiyaviy jozibadorligi reytingini” baholash tartibi belgilangan. Reyting tuman va shaharlar kesimida investitsiya salohiyati hamda boshqaruv samaradorligi asosida baholanadi.

🔎
O‘rganishlar davomida, xususan:
▫️ hududdagi investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi;
▫️ tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar;
▫️ elektr energiyasi, gaz, ichimlik suvi va boshqa infratuzilma holati;
▫️ avtomobil yo‘llari, logistika va omborxonalar bilan ta’minlanganlik;
▫️ yer va tabiiy resurslardan samarali foydalanish;
▫️ tadbirkorlarning kredit va moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlari;
▫️ yangi ish o‘rinlari yaratish va malakali kadrlar bilan ta’minlash holati;
▫️ tadbirkorlarning mavjud muammolari o‘rganilmoqda.

📊 Qarorga muvofiq, tuman va shaharlarning investitsiya salohiyatini baholashda mehnat resurslari, tabiiy va yer resurslari, moliyaviy resurslar va qo‘llab-quvvatlash, infratuzilma hamda raqobatbardoshlik kabi omillar hisobga olinadi.

🤝 Aniqlangan muammolar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli taklif va deputatlik so‘rovlari kiritilib, ularning yechimi ustidan deputatlik nazorati o‘rnatiladi.

🎯 Maqsad — hududda tadbirkorlik va investitsiya uchun yanada qulay muhit yaratish, yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, ish o‘rinlarini ko‘paytirish hamda Pastdarg‘om tumanining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish.

Slide 1 of 1