35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
“Shodlik” mahallasidagi ko‘p kvartirali uyda PQ-48-son qarori ijrosi o‘rganildi

#kotibiyat_mudiri_faoliyati
#nazorat_tahlil

“Shodlik” mahallasidagi ko‘p kvartirali uyda PQ-48-son qarori ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev tuman hokimligi Qurilish bo‘limi mutaxassisi bilan birgalikda “Shodlik” MFY, Mustaqillik ko‘chasi, 6-uyda ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organi — BSK “Qiziriq servis” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-son qarori hamda uning tumanda ijrosini ta’minlashdagi vazifalarni belgilash yuzasidan Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining 2026-yil 17-martdagi VII-18-17-8-113-K/26-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosi holati o‘rganildi.

Jumladan, ko‘p kvartirali uyni saqlash va boshqarish, hududni obodonlashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda belgilangan vazifalarning amaliy ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Qaror ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati davom ettiriladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 6