35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
#Chinoz_tumani #Deputat_nazorati Xo'ja MFYdagi qurilish ishlari deputat nazoratida


Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O'zXDP partiyasidan 3-Usmon Yusupov saylov okrugidan saylangan deputat Mirsoat Mirsodiqov tomonidan Xo'ja MFYdagi Ko'p qavatli uylarda amalga oshirilayotgan energiya samaradorligini oshirish loyihasi ijrosi o'rganildi.

🏛 Mazkur ishlar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ–100-son qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-maydagi 300-son qarori asosida 2025–2026-yillarda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida olib borilmoqda.

⚡️ Loyiha doirasida Chinoz tumanidagi 20 ta to'rt qavatli ko'p xonadonli uy:
🧱 fasad qismini bazalt materiallari bilan qoplash;
🏠 tom qismini zamonaviy issiqlik izolyatsiyasi bilan ta'mirlash;
☀️ quyosh panellari va ♨️ issiqlik nasoslarini o'rnatish;
🔧 ichki muhandislik tarmoqlarini yangilash;
🌱 energiya tejamkor uskunalarni joriy etish orqali issiqlik energiyasi bilan barqaror ta'minlash rejalashtirilgan.
💰 Mazkur loyihalarni amalga oshirish uchun jami 77,1 milliard so'm mablag' ajratilgan.

🏢 Buyurtmachi tashkilot — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi davlat muassasasi tomonidan xorijiy ekspertlar va konsalting kompaniyalari ishtirokida loyiha ishlab chiqilib, tender savdolari natijasida pudratchilar belgilangan.

👩‍💼 Deputat Mirsoat Mirsodiqov amalga oshirilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda fuqarolar uchun yaratilayotgan sharoitlarni deputatlik nazorati asosida o'rganib, mas'ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi.

Slide 1 of 3