35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
Deputatlik nazorati

Deputatlik nazorati – budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi doimiy e’tiborda
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashining deputati, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Dinara Jumanazarovna Sattarova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Sarabibi Idirovna Matyaqubova tomonidan Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashining 2026-yil 26-iyundagi VII-30-59-12-172-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi holati tahlil qilindi. Jumladan:
tumandagi 5 nafar maktab o‘qituvchisini xorijda malaka oshirishga yuborish uchun 110,0 mln so‘m;
tuman sport maktabi sportchilari va murabbiylarining respublika hamda xalqaro musobaqalardagi ishtiroki bilan bog‘liq safar xarajatlari uchun 50,0 mln so‘m;
manzarali gullar xarid qilish uchun 36,0 mln so‘m;
2026-yil yoz mavsumida bolalarning dam olishini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish tadbirlari uchun 65,0 mln so‘m;
muddatli harbiy xizmatga kuzatilayotgan fuqarolarni "Qurolli Kuchlar sumkasi" bilan ta’minlash uchun 24,0 mln so‘m;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilarini "Yangiariq" poligonida bir kunlik o‘q otish amaliy mashg‘ulotlari xarajatlari uchun 21,69 mln so‘m mablag‘ ajratilgan.
Deputatlik nazorati doirasidagi ushbu o‘rganishlar budjet mablag‘larining ochiq, shaffof va samarali sarflanishini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash hamda aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi qarorlar ijrosini ta’minlashga qaratilgan.

Slide 1 of 1