35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
#deputat nazorati

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda jamoat transporti tizimini yaxshilash hamda aholi uchun xavfsiz va qulay sharoitlar yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
"Oydin" mahallasida joylashgan jamoat transporti parki faoliyati hamda yangi yoʻnalishlarning tayyorgarlik holati joyiga chiqqan holda oʻrganildi.
Mazkur nazorat va oʻrganish tadbiri hudud deputati Behzod Salimovning vakili sifatida shahar Kengashi Kotibiyati mudiri Sevar Qodirova tomonidan tashkil etildi.
✨ Oʻrganish davomida barcha zamonaviy sharoitlar va qulayliklar bilan jihozlangan yangi avtobuslarning qatnov yoʻnalishlari tahlil qilindi. Unga koʻra, yangi jamoat transporti vositalari shahardagi "2"-yo'nalish bilan  3-Mis boyitish fabrikasi (MOF-3) zavodidan "Boʻston" mahallasi ichki koʻchalari orqali harakatlanishi belgilangan.
🎯 Ushbu yangi yoʻnalishning asosiy maqsadlari:
"Boʻston" mahallasi ichki koʻchalarida yashovchi fuqarolarning jamoat transportiga boʻlgan ehtiyojini toʻliq qondirish va uzogʻini yaqin qilish;
Ichki koʻchalarda transport qatnovini tizimlashtirish orqali yoʻl-transport hodisalarining oldini olish va kamaytirish.

Deputat jamoasi va Kotibiyat tomonidan aholi farovonligini taʼminlash bilan bogʻliq bu kabi oʻrganishlar va amaliy choralar doimiy ravishda davom ettiriladi.

Slide 1 of 5