35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mahallalarda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish hamda Mustaqilligimizning 35-yillik bayramini munosib kutib olish maqsadida keng ko‘lamli umumxalq hasharlarini tashkil etish bo‘yicha berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash doirasida Sardoba tumanida ham amaliy ishlar izchil davom etmoqda.
Xususan, Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati G‘.Saitboyev tashabbusi va bevosita ishtirokida Otayurt mahallasida keng ko‘lamli obodonlashtirish va hashar ishlari tashkil etildi.
Tadbir davomida mahalla hududini sanitariya jihatdan tozalash, ichki ko‘chalar va yo‘l yoqalarini tartibga keltirish, ariq-zovurlarni tozalash, yashil hududlarni obod qilish hamda aholi yashash muhitini yana-da ko‘rkam va ozoda etishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.
Bunday xayrli tashabbuslar mahallalarning obod qiyofasini shakllantirish, aholi farovonligini oshirish va Mustaqillik bayramini munosib ruhda kutib olishga xizmat qiladi. Obodonchilik ishlarida mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilikning faol ishtiroki esa hamjihatlik va birdamlikning yana bir yorqin namunasi bo‘lmoqda.

Slide 1 of 8