35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
PQ-377-sonli qaror ijrosi doirasida qurilish ishlari holati o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-377-sonli qarori ijrosi doirasida ta’mirlash va rekonstruksiya qilinishi belgilangan ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov hamda deputat G.Absatova tomonidan "Yangiqishloq" mahallasida joylashgan
7-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari holati ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida mazkur obyektda qarorda belgilangan rekonstruksiya va qurilish ishlari hozirgi kunga qadar boshlanmaganligi aniqlandi. Bu holat belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash hamda ijro intizomini kuchaytirish zarurligini ko‘rsatadi.
Aniqlangan holat yuzasidan mas’ul tashkilotlar tomonidan qurilish ishlarini kechiktirmasdan boshlash, belgilangan muddatlarga qat’iy rioya qilish hamda obyektning sifatli va o‘z vaqtida foydalanishga topshirilishini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rish lozimligi ta’kidlandi.
Mazkur yo‘nalishdagi o‘rganishlar Prezident qarorlari ijrosini ta’minlash, qurilish ishlarining borishini tizimli nazorat qilish hamda aholi uchun zamonaviy va qulay ta’lim muassasalarini barpo etishga xizmat qiladi

Slide 1 of 7