35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
**📌 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI**

📌 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

Mazkur o‘rganishda Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati N. Bobojonova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi ishtirok etdi. Ular Xayrobod mahallasi hududida joylashgan 20-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, 2026–2027-o‘quv yilining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari holatini atroflicha tahlil qildi.

O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazishga tayyorgarligi, moddiy-texnik bazasi, isitish tizimi, infratuzilma holati hamda amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlari yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.

Shuningdek, aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish hamda ta’lim muassasasini yangi o‘quv yiliga to‘liq tayyor holga keltirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Bunday joyiga chiqib o‘rganish ishlari xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, ta’lim tizimida yaratilayotgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash hamda aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 1