35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
Navbatdagi sessiya masalalari yuzasidan sessiyaoldi o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi raisi D.Begmatova hamda Kengash kotibiyati mudiri M.G'oibnazarov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi rahbarining mahalliy budjet ijrosi to‘g‘risida, tuman salohiyatidan kelib chiqqan holda mahalliy budjet daromadlarining qo‘shimcha manbalarini shakllantirish, qo‘shimcha manbalardan foydalanish yo‘nalishlari hamda mahalliy budjet daromadlarini oshirishning aniqlangan rezervlari to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan sessiyaoldi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida hisobotda keltirilgan ko‘rsatkichlarning asoslanganligi, mahalliy budjet daromadlari ijrosi, qo‘shimcha daromad manbalarini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, mavjud ichki rezervlardan samarali foydalanish holati hamda budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishiga oid ma'lumotlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, mazkur masala bo‘yicha tayyorlangan qaror loyihasi, unga ilova qilingan tahliliy va asoslovchi hujjatlar hamda boshqa sessiyaoldi materiallari bilan tanishilib, ularning amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi ko‘rib chiqildi.

Sessiyada mazkur hisobotni har tomonlama va asosli muhokama qilish, qabul qilinadigan qarorlarning samaradorligini ta'minlash maqsadida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Slide 1 of 3