35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” loyihalari ijrosi deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya, qurilish, kommunal sohalar, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Y.Safarov va tuman hokimligi mas'ul xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PQ–298-son hamda 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qarorlari ijrosi yuzasidan deputatlik o‘rganishi amalga oshirildi.

O‘rganish davomida mazkur qarorlar asosida Zomin tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturiga kiritilgan “Bunyodkor” va “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘inlari, shuningdek “Og‘ir” toifasiga kiritilgan “Farovon”, “Obi Hayot” hamda “Sh. Rashidov” mahallalarida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, infratuzilma loyihalarining borishi hamda ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali o‘zlashtirilishi holati joyiga chiqib o‘rganildi.

Shuningdek, amalga oshirilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari sifati, ichki yo‘llar, ichimlik suvi, elektr ta'minoti, ko‘cha yoritish tizimi va boshqa muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarida olib borilayotgan ishlarning holati tahlil qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi doimiy komissiyada muhokama qilinishi va doimiy nazorat olib borilishi ta'kidlandi.