35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
ELEKTR TA’MINOTI HOLATI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI

O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi O‘RQ-940-son “Energiyadan tejab foydalanish, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash, shuningdek hududlarda elektr ta’minoti sifati va energiya infratuzilmasi holatini o‘rganish maqsadida O‘zXDP Marg‘ilon shahar tashkiloti deputatlik guruhi a’zolari tomonidan joylarda manzilli o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari M.X. Mirzayev, M.S.Mirzayev hamda Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputati Sh.X.Ermatov ishtirok etdilar.

Deputatlar 17-Navro‘z saylov okrugi bo‘lgan Navro‘z mahallasidagi Yo‘ldosh shaharchasida bo‘lib, aholi bilan uchrashdilar hamda fuqarolar murojaatlarini tingladilar. Muloqotlar davomida hududning elektr energiyasi bilan ta’minlanish sifati, mavjud infratuzilma holati va aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash masalalari atroflicha o‘rganildi.

Joyiga chiqib o‘tkazilgan o‘rganish jarayonida elektr ta’minoti bilan bog‘liq qator jiddiy kamchiliklar aniqlandi. Mazkur holatlar O‘RQ-940-son Qonunida belgilangan energiyadan oqilona foydalanish, energiya samaradorligini oshirish, ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlik tamoyillari ijrosini ta’minlash nuqtai nazaridan baholandi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda hudud aholisini sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputat so‘rovi kiritilishi belgilandi.

Deputatlik guruhi tomonidan olib borilayotgan bunday manzilli o‘rganishlar aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish, energetika sohasidagi muammolarni bartaraf etish hamda amaldagi qonunchilik ijrosini samarali parlament va deputatlik nazorati orqali ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 8