Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
GUZAR MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI VA IJTIMOIY ISHLAR O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi #dolzarb_40_kunlik

GUZAR MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI VA IJTIMOIY ISHLAR O‘RGANILDI

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF–209-son Farmoni hamda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining 24 ta tavsiyaviy savolnomasi ijrosi doirasida  Uchtepa tumani Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan "19-Farxod" okrugi deputati Ilhomjon Tuxtasinov tomonidan Guzar mahallasida “mahalla yettiligi” bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat o‘rganildi.

💬 O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlar yetakchisining yoshlar bandligini ta’minlash va ularni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha faoliyati muhokama qilindi.

📇 Mahalladagi ijtimoiy reyestrda 26 nafar fuqaro ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan 11 nafari davlat ta’minotiga kiritilgani qayd etildi. Mas’ullar bilan ushbu fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy himoyani kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.

📁 O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni hal etish, mahallabay ishlash tizimi samaradorligini oshirish hamda PF–209-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. Mazkur masalalar deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3