35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
19-sonli «Farovon» saylov okrugi hududidagi Turon MFYda bolalar maydonchasi holati o‘rganildi

19-sonli «Farovon» saylov okrugi hududidagi Turon MFYda bolalar maydonchasi holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Muhamedov Hamidulla Habibullayevich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov tomonidan 19-sonli «Farovon» saylov okrugi hududidagi Turon mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi ishtirokida hududdagi bolalar maydonchasining holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi bolalar va yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud infratuzilma obyektlarining holati, ularning foydalanishga yaroqliligi hamda hudud obodonchiligi masalalari ko‘rib chiqildi.

Turon mahalla fuqarolar yig‘inida jami 2454 ta xonadon mavjud bo‘lib, hududda 8639 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 1743 nafarini 14–30 yoshdagi yoshlar tashkil etadi.

O‘rganish davomida bolalar maydonchasidagi mavjud jihozlar, xavfsizlik holati, sanitariya va obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yoshlar va bolalar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi tomonidan hududlarda ijtimoiy obyektlar holatini o‘rganish, yoshlar va bolalar manfaatlarini himoya qilish hamda aholi uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan deputatlik nazorati ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4