35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov hamda tuman Kengashi deputatlari G.Absatova va B.Bekmurodovlar tomonidan Yangiqishloq mahallasi hududidagi oziq-ovqat do‘konlarida aholi iste’moli uchun sotuvga chiqarilgan tez buziladigan mahsulotlarning saqlanish holati va yaroqlilik muddatlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida sut va sut mahsulotlari, go‘sht mahsulotlari, kolbasa mahsulotlari, muzlatilgan oziq-ovqatlar hamda boshqa tez buziladigan mahsulotlarning saqlash sharoitlari, sanitariya talablariga rioya etilishi va mahsulotlarning yaroqlilik muddatlari tahlil qilindi.
Tekshiruv jarayonida ayrim savdo nuqtalarida mahsulotlarni saqlash va joylashtirishda belgilangan talablarga to‘liq amal qilinmayotganligi, mahsulotlarning yaroqlilik muddatlarini doimiy nazorat qilish ishlarini yana-da kuchaytirish zarurligi qayd etildi. Shuningdek, xaridorlarga xavfsiz va sifatli mahsulotlar yetkazib berish maqsadida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish lozimligi ta’kidlandi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tadbirkorlik subyektlari va mas’ullarga tegishli tushuntirishlar berilib, qonunchilik talablariga muvofiq choralar ko‘rish hamda mahsulotlar sifati ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.
O‘rganish yakunida aholi salomatligini muhofaza qilish, iste’molchilar huquqlarini ta’minlash va savdo nuqtalarida oziq-ovqat xavfsizligi talablariga to‘liq rioya etilishini ta’minlash masalasi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 5