Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati X.Davletov Shovot tumanidagi “Xitoy” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, “mahalla yettiligi” faoliyati va ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
📝 O‘rganish davomida:
🔹“Mahalla yettiligi” a’zolarining o‘zaro hamkorlikdagi faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlash hamda hududdagi mavjud muammolarni hal etish borasidagi amaliy ishlari ko‘zdan kechirildi;
🔹Mahalla ahlini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va jinoyatchilikning oldini olish yo‘nalishida olib borilayotgan tadbirlar muhokama qilindi;
🔹Deputat tomonidan mahalla yettiligi faoliyatini yanada samarali tashkil etish va aholi farovonligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya hamda takliflar berildi.
💡 Mahalla — jamiyatimizning tayanchi. Yettilik faoliyatining samaradorligi va deputatlik nazorati hududlarni har tomonlama rivojlantirish hamda aholi muammolarini joyida hal etishga xizmat qiladi.