35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
Ekologiya masalalari yuzasidan mahallada uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashidagi Ekologiya partiyasi deputatlik guruhi rahbari N.Shomatov tomonidan "O‘rmon bog‘" mahalla fuqarolar yig‘ini binosida mahalla xodimlari hamda faollar ishtirokida ochiq uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish, ekologik muammolarni joyida bartaraf etish, hududlarda ekologik nazoratni kuchaytirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, mahalla hududida obodonlashtirish, daraxt va yashil hududlarni asrash, chiqindilarni belgilangan tartibda yig‘ish va ekologik madaniyatni yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib olindi.

Deputat N.Shomatov barchani ekologik tashabbuslarda faol ishtirok etishga, ona tabiatni asrash va hududlarni yanada obod qilishga o‘z hissasini qo‘shishga chaqirdi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3