35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Aynashova tomonidan tumanning “Pargos” mahallasiga biriktirilgan yoshlar yetakchisi B.Amantaeyv faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mahallada ishsiz yoshlar ro‘yxati, ularning muammolari va ehtiyojlari hamda har bir yosh bilan olib borilayotgan manzilli ishlar muhokama qilindi. Yoshlar yetakchisi tomonidan bandlikni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalari, kasbiy o‘quv kurslariga yo‘naltirish, imtiyozli kreditlar orqali tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va o‘zini o‘zi band qilish dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.

Muhokama davomida har bir ishsiz yosh bilan individual ishlash, ularning qiziqish va salohiyatidan kelib chiqqan holda bandligini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1