35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
Tomorqa yerlardan foydalanish samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat U.Aripbayev hamda kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumanning “Chimboyliq” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Xolida Temirova xonadonida tomorqa yeridan foydalanish samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganish davomida xonadon egalarining tomorqa yerlaridan samarali foydalanayotganligi, yer maydonlarida malina, bodring, pomidor, qalampir, ko‘katlar kabi qishloq xo‘jaligi ekinlari, shuningdek uzum parvarish qilinayotgani kuzatildi. Ekinlarni agrotexnik talablar asosida parvarishlash, sug‘orish va hosildorlikni oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Xonadon sohiblari yetishtirilgan mahsulotlarni, asosan o‘z oilasi ehtiyojlari uchun ishlatishlari ma’lum qildilar. Bu esa tomorqa yerlaridan oqilona foydalanish aholi farovonligini oshirish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etayotganini ko‘rsatadi.

Deputat muloqot davomida tomorqa yerlaridan yanada samarali foydalanish, yuqori daromad keltiruvchi ekin turlarini ko‘paytirish, intensiv usullarni joriy etish, suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish hamda hosildorlikni oshirish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.

Slide 1 of 4