35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB XATI OLINDI

 DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB XATI OLINDI

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Abdujalil Xasanov tomonidan “Ahil” MFY, “Orif Xatamov” ko‘chasi hududida elektr energiyasi iste’molining ortishi sababli mavjud transformator quvvati yetarli emasligi, natijada elektr ta’minotida uzilishlar va kuchlanish pasayishi kuzatilayotgani yuzasidan deputat so‘rovi yuborilgan edi.

📌 Mazkur deputat so‘roviga Olmazor tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish bo‘limi tomonidan rasmiy javob xati taqdim etildi.

🔎 Javob xatida qayd etilishicha, deputat so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan Olmazor tumani Elektr tarmoqlari bo‘limi tomonidan belgilangan tartibda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

✅ Mazkur masala deputat nazoratida bo‘lib, o‘rganish yakunlari va aniqlangan holatlarga ko‘ra tegishli choralar ko‘rilishi kutilmoqda.

📌 Deputat so‘rovi — aholi murojaatlarida ko‘tarilgan muammolarni tegishli tashkilotlar e’tiboriga yetkazish va ularning amaliy yechimini ta’minlashning muhim mexanizmidir.

Slide 1 of 1