35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
Deputat va mahalla yettiligi hamkorligida ko‘p qavatli uylar va hudud obodligi holati joyiga chiqib o‘rganildi
🤝Deputat va mahalla yettiligi hamkorligida ko‘p qavatli uylar va hudud obodligi holati joyiga chiqib o‘rganildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Turdiqul Bobomuratov tomonidan “Dolzarb 40 kun” tadbirlari doirasida Olmazor tumanining “Guruchariq” MFY hududida mahalla yettiligi faoliyati, fuqarolar murojaatlari hamda boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

💡 O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (podyezdlari), yerto‘lalari, uylar atrofidagi maydonlarning tozaligi, obodonlashtirilishi va yoritilishi holatiga alohida e’tibor qaratildi.

🗣 Uchrashuv davomida deputat tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati, saylovchilar murojaatlari yuzasidan olib borilgan ishlar va erishilgan natijalar haqida batafsil axborot berildi.

📆 Shuningdek, mahalla yettiligi vakillari bilan birgalikda 2026-yilning ikkinchi yarmida hududda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar, mavjud muammolar hamda kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

📎 Mazkur o‘rganish va uchrashuvlar Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining 24 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida:
🔹 hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish;
🔹 ko‘p qavatli uylar infratuzilmasini yaxshilash;
🔹 uy-joy fondining saqlanishi va umumiy foydalanish joylari holatini o‘rganish;
🔹 sanitariya va tozalikni ta’minlash;
🔹 hududlarni yoritish;
🔹 fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolariga amaliy yechim topish;
🔹 mahalla yettiligi hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish
kabi yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirishga qaratildi.

📌 Asosiy maqsad — aholi murojaatlariga amaliy yechim topish, mahallalarda obodlik va osoyishtalikni ta’minlash hamda fuqarolar uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slide 1 of 9