35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #deputat_so'rovi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan "17-Guliston" okrugi deputati Tursunova Shahnoza Jurakulovna tomonidan Uchtepa tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nurali Ismatovga navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi.

📊 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 25-maydagi III-29-42-14-202-K/26-son qarori bilan “Obod mahalla” dasturi doirasida 2024-yilda boshlangan va yakuniga yetkazilmay qolgan loyihalarni amalga oshirish uchun mablag‘ ajratilganligi, shunga qaramasdan, Uchtepa tumani 30-mavzedagi 8-, 9- va 11-sonli ko‘p qavatli uylar oldidagi asfalt qoplamasini tiklash ishlari hanuzga qadar yakuniga yetkazilmagan, hududda ayrim qurilish materiallari ham qolib ketganligi qayd etilgan.

📈 Yuqoridagilarni inobatga olib:

✍️ 30-mavzedagi 8-, 9- va 11-sonli uylar oldidagi “Obod mahalla” dasturi doirasida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarning hozirgi holatini o‘rganish;

✍️ asfalt qoplamasini tiklash va hududda qoldirilgan qurilish materiallarini olib chiqish ishlarini belgilangan tartibda tashkil etish;

✍️ mazkur ishlarning aniq bajarilish muddatlarini belgilab, yakuniga yetkazilishini ta’minlash;

✍️ ko‘rilgan choralar va amalga oshirilgan ishlar natijalari haqida aniq ma’lumot berish hamda qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma ravishda asoslantirilgan javob taqdim etish so'ralgan.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 1