35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
Kengash qarori ijrosi o‘rganildi

📌 Kengash qarori ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining 2026-yil 3-martdagi VII-22-24-9-123-K/26-sonli qarori ijrosi doirasida tumandagi “og‘ir” toifadagi mahallalarda “Islohotlar dasturi” asosida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar holati o‘rganildi.

📍 O‘rganish ishlari Kengash raisi O.Isanov, doimiy komissiya raislari A.Amanlikov va A.Ibadullayev, shuningdek, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Sharopov ishtirokida “Sohil” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida olib borildi.

💧 O‘rganish davomida mahalladagi 490 ta xonadonning 15 gektar tomorqa yer maydonlarini oqova suv bilan ta’minlash imkoniyatlarini yaxshilashga qaratilgan loyiha ishlari ko‘zdan kechirildi.

🔹 Mazkur loyiha doirasida:

  • quyosh paneli yordamida ishlaydigan suv nasosi o‘rnatish;
  • 3,5 km uzunlikdagi lotok tarmog‘ini tortish;
  • tomorqa yerlarini sug‘orish imkoniyatlarini yaxshilash bo‘yicha belgilangan ishlar amalga oshirilishi nazoratdan o‘tkazildi.

📋 O‘rganish jarayonida loyiha ishlarining belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilishi, ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish hamda aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar holati yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

🤝 Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash, hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalar samaradorligini oshirish hamda aholi muammolarini tizimli hal etish bo‘yicha nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. 

Slide 1 of 7