35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 6-"Zafarobod" saylov okrugi deputati M.Ergashev hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi A.Ismoilov tomonidan "Oydinbuloq" mahalla fuqarolar yig‘inida profilaktika inspektorining xizmat faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla profilaktika inspektori A.Turg‘unboyevning 2026-yilning 6 oyi davomida amalga oshirgan ishlari atroflicha tahlil qilindi. Jumladan, hududdagi kriminogen vaziyat, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, profilaktik tadbirlarning samaradorligi hamda jamoat xavfsizligini ta'minlash borasida olib borilgan ishlar muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, hisobot davrida mahalla hududida 1 ta o‘g‘irlik jinoyati sodir etilgan. Mazkur holat yuzasidan ko‘rilgan choralar hamda kelgusida shunday holatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik ishlar yuzasidan axborot berildi.

O‘rganish yakunida mahalla hududida huquqbuzarliklar profilaktikasini yanada kuchaytirish, aholi bilan manzilli ishlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4