35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
#deputat_nazorati #kotibiyat_mudiri

#deputat_nazorati
#kotibiyat_mudiri

Fuqarolarning murojaat va takliflarini o‘rganish, hududlardagi mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralarni belgilash maqsadida mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya asosida joylarda o‘rganishlar izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish 2-Sahovat saylov okrugi deputati S.Azizov hududidagi Bogʻchasaroy ko‘chasida tashkil etildi. Unda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari Z.Yakubova va N.Akbarova ishtirok etdi.

O‘rganish davomida ko‘chaboshilar L.Davronova va Oʻ.Dadboyeva bilan suhbat o‘tkazilib, hududdagi mavjud holat yuzasidan fikr va takliflar tinglandi. Xususan, aholi, ayniqsa bolalar uchun sport maydonchalari va sport inshootlari bilan bog‘liq masalalar hamda maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda ularning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Bu kabi joylarda olib borilayotgan o‘rganishlar fuqarolar bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, hududlardagi dolzarb masalalarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimini ta’minlash orqali mahalliy Kengash deputatlari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 7