35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
#deputat_nazorati

Fuqarolarning murojaatlarini joyida o‘rganish va ularni qonunchilik doirasida ijobiy hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari X.Abdurahmonov va A.Mahkamov tomonidan bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish 13-Yoyilma saylov okrugidagi Yoyilma mahalla fuqarolar yig‘inining Asilobod ko‘chasida tashkil etildi.O‘rganishlar mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya asosida tashkil etildi. Aholidan kelib tushgan murojaatda ichimlik suvi quvurida yuzaga kelgan avariya sababli fuqarolar suv ta’minotida uzilishlar kuzatilayotgani hamda mavjud holat aholi uchun qator noqulayliklarni keltirib chiqarayotgani bildirilgan.

Deputatlar X.Abdurahmonov va A.Mahkamov murojaat yuzasidan voqea joyiga chiqib, mahalla faollari va ko‘chaboshilar ishtirokida mavjud holatni atroflicha o‘rgandilar. O‘rganish davomida avariya oqibatlarini tezkor bartaraf etish hamda ichimlik suvi ta’minotini barqaror tiklash bo‘yicha mas’ul tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Aniqlangan holatlarni bartaraf etish, mas’ul tashkilotlar faoliyatiga huquqiy baho berish hamda muammoning qisqa muddatlarda ijobiy hal etilishini ta’minlash maqsadida murojaat deputatnin koʻcha aylanish daftariga qayd etildi va Marg‘ilon shahar hokimining tegishli o‘rinbosariga deputat so‘rovi yuborilishi belgilandi.

Aholi manfaatlarini himoya qilish, hududlardagi dolzarb muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimini ta’minlashga qaratilgan bunday o‘rganishlar deputatlik nazoratining amaliy samaradorligini oshirish bilan birga, fuqarolar va mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘rtasidagi ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5