35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
Deputat Yangiobod mahallasida mas’ullar faoliyatini o‘rgandi

 Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova Yangiobod mahallasida bo‘lib, mahallada faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchisi hamda ijtimoiy xodimning xizmat faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan manzilli
ishlash, ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar hamda mahallada amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, mahalla hududini o‘rganish jarayonida aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar, mavjud muammo va takliflar atroflicha ko‘rib chiqildi. Aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish maqsadida ular viloyat Kengashi deputati G.Bobojonovaning “Оkrugni aylanish daftari”ga belgilangan tartibda qayd etildi. Ta’kidlanganidek, har bir murojaat e’tibor markazida bo‘lib, ularning ijrosini ta’minlash, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish hamda aholini
qiynayotgan masalalarga o‘z vaqtida yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Tashrif yakunida mas’ullarga mahalladagi muammolarni manzilli hal etish, yoshlar va ehtiyojmand aholi bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 6