35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERILDI

SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERILDI

📍 Bugun 10-Payshanbasiyob vakant saylov okrugi doirasidagi “Qoʻshchinor” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot va hisobot uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

✔️ Uchrashuvda Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Z. Jabborova hamda Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi raisi D. Ulugʻboyeva qatnashib, joriy yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan fuqarolarga axborot berdi. Shuningdek, tadbirkorlik va hududiy muammolarni joyida hal etish maqsadida yigʻilishda Toyloq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G. Rajabova, tuman hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari hamda tuman Elektr tarmoqlari korxonasi rahbari oʻrinbosari ishtirok etdi.

⚡️ Muloqot davomida mahalla infratuzilmasini yaxshilash, hududni obodonlashtirish, elektr taʼminotini yanada yaxshilash hamda aholini qiynab kelayotgan boshqa dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
👍 Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish hamda ijrosini nazoratga olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔴 Uchrashuv yakunida saylovchilar bilan muntazam muloqot qilish, hududdagi mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish aholi farovonligini ta’minlashning muhim omillaridan biri ekani ta’kidlandi

Slide 1 of 5