35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
Namunali xonadonda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

 Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova Bo‘ston mahallasida istiqomat qiluvchi namunali xonadon egasi O‘rmonova Manzuraxon xonadoniga tashrif buyurib, bu yerda amalga oshirilgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida xonadon hududining ozodaligi, tomorqadan samarali foydalanish, manzarali daraxt
va gullar ekish, yashil hududlarni kengaytirish hamda aholi uchun sog‘lom va fayzli muhit yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar e’tirof etildi.
Muloqot chog‘ida obod va ko‘rkam xonadonlarni ko‘paytirish, ekologik madaniyatni yuksaltirish, har bir oilada ozodalik va tartibni ta’minlash, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yanada kengaytirish yuzasidan fikr almashildi. Deputat namunali
xonadon sohibasining sa’y-harakatlarini yuqori baholab, bunday ijobiy tajribalarni mahallada keng ommalashtirish, aholi o‘rtasida obodonlashtirish madaniyatini mustahkamlash va fuqarolarni bu ezgu ishlarga keng jalb etish muhimligini ta’kidladi.
Bunday namunali xonadonlar mahallalarning yanada obod, fayzli va ko‘rkam qiyofa kasb etishiga, shuningdek, aholi o‘rtasida
obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga mas’uliyat bilan yondashish madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.
 

Slide 1 of 8