35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
Deputat so‘roviga javob olindi: 1-Katta Chilonzor mahallasida asfaltlash ishlari rejalashtirilmoqda

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Sultanov Baxodir Turg‘unovich tomonidan Chilonzor tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari K. Xamraev nomiga yuborilgan deputat so‘rovi yuzasidan rasmiy javob olindi.
Javob xatida ma’lum qilinishicha, Chilonzor tumani hokimligi tomonidan 2026-yilda ko‘p qavatli uylar oldi hududlarini asfalt qoplamasi bilan ta’mirlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi shakllantirilgan.
Shuningdek, 1-Katta Chilonzor mahallasida asfaltlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha manzilli ro‘yxat dasturi tasdiqlangach, belgilangan tartibda zarur mablag‘lar ajratilishi va shundan so‘ng qurilish-ta’mirlash ishlari boshlanishi bildirilgan.
Bundan tashqari, mazkur masala yuzasidan manzilli ro‘yxat dasturi tasdiqlangandan so‘ng qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishi qayd etilgan.
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati tomonidan saylovchilar murojaatlari asosida ko‘tarilgan ushbu masala deputat nazoratida bo‘lib, asfaltlash ishlari yuzasidan olib borilayotgan jarayonlar yuzasidan jamoatchilik muntazam ravishda xabardor qilib boriladi.

Slide 1 of 1