35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
Kengash qarori ijrosi nazorat ostida: Naqqoshlik mahallasida asfaltlashtirish ishlari boshlandi

Kengash qarori ijrosi nazorat ostida: Naqqoshlik mahallasida asfaltlashtirish ishlari boshlandi
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining 2026-yil 7-iyuldagi III-22-65-14-204-K/26-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Chilonzor tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan hududlarda izchil amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.
"Xalq nazorati va aholi murojaatlari" platformasi orqali Chilonzor tumani fuqarolari tomonidan ichki yo‘llarni ta’mirlash masalasida 79 ta murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatlar tahlili asosida jami 10 924 kv.m hajmdagi ichki yo‘llarni asfalt qoplamasi bilan ta’minlash uchun 726 mln so‘m mablag‘ ajratildi.
Ajratilgan mablag‘larning maqsadli va oqilona sarflanishi, shuningdek, qurilish-ta’mirlash ishlarining belgilangan talablar asosida olib borilishi Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi tomonidan muntazam ravishda o‘rganilib, nazorat qilib borilmoqda.
Qaror ijrosi doirasida fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan dolzarb masalalardan kelib chiqib, Naqqoshlik mahallasi ichki yo‘llarini asfaltlashtirish ishlari boshlandi. Mazkur bunyodkorlik ishlari mahalla infratuzilmasini yanada takomillashtirish, aholining kundalik harakatlanishi uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni yaratish hamda hudud obodligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5