35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
MURABBIYLAR KO‘CHASIDA O‘RGANISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI

 MURABBIYLAR KO‘CHASIDA O‘RGANISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI 

 Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati M.Axmadaliyeva, Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi J.Abdurashidov hamda tuman Kengashi kotibiyati
bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov ishtirokida Pastki Xonobod mahallasida manzilli o‘rganish o‘tkazildi. O‘rganish davomida Xalq deputatlari Quva tuman
Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masala doirasida “Farg‘ona tozalik sanitar servis” MChJ Quva tuman filiali tomonidan mahallada
amalga oshirilayotgan sanitariya va obodonlashtirish ishlari, chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish xizmati hamda mavjud muammolar o‘rganildi. 

Jumladan, deputat Murabbiylar ko‘chasida bo‘lib, ko‘cha boshi Sh.Qirg‘izboev bilan birgalikda hududda aholini qiynayotgan dolzarb muammolarni o‘rgandi. O‘rganish davomida ko‘cha boshi hamda aholi tomonidan “Farg‘ona tozalik sanitar servis” MChJ Quva tuman filiali tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yuzasidan e’tirozlar bildirildi. Shuningdek, elektr energiyasi ta’minotida kuzatilayotgan uzilishlar va mavjud kamchiliklar yuzasidan murojaatlar yo‘llandi. 

O‘rganish yakunida ko‘cha boshi hamda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga belgilangan tartibda qayd etildi. Ularning ijobiy yechimini ta’minlash maqsadida mas’ul tashkilotlarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi hamda ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.  

Slide 1 of 6