35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
Deputatlik so‘rovi qanoatlantirildi — muammo ijobiy hal etildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Xidiyatullina Rima Rashitovna tomonidan 8-Lutfiy saylov okrugi hududidagi “1-Qatortol” mahallasida fuqarolar murojaatlari asosida o‘rganish ishlari olib borilgan edi.

O‘rganish davomida Qatortol 2-tor ko‘chasi, 1A va 12-uylar atrofida maishiy chiqindilar to‘planib qolayotgani, shuningdek, hududda chiqindi yig‘ish uchun maxsus konteynerlar yetarli emasligi aniqlangan. Mazkur muammoni bartaraf etish yuzasidan deputat tomonidan tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborilgan.

Deputatlik so‘rovi “Chilonzor-Maxsustrans” ATF tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish natijasida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bilan kelishilgan holda, avval mazkur hududda mavjud bo‘lgan 2 ta chiqindi konteynerini qayta joylashtirish masalasi hal etildi. Korxona tomonidan 2 ta konteyner ajratilib, Qatortol 2-tor ko‘chasi 1A-uy yoniga qayta o‘rnatildi.

Shu tariqa, deputatlik so‘rovi qanoatlantirilib, fuqarolar murojaatida ko‘tarilgan muammo ijobiy hal etildi.

Mazkur amaliy natija hududning sanitariya holatini yaxshilash, maishiy chiqindilarni belgilangan joyda to‘plash hamda aholi uchun yanada qulay va ozoda muhit yaratishga xizmat qiladi.

Fuqarolar murojaati — deputat e’tiborida.

Slide 1 of 4