35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#24_ta_masala
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#media_reja_ijrosi
#nazorat_tahlil

Mahalla hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev va bosh mutaxassisi B.Qurbonov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi tomonidan tasdiqlangan “Mahalliy Kengash deputatlarining hududlardagi faoliyatini yoritish yuzasidan media reja”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida "Paxtakor" mahallasida bo‘lib, mahalla hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

O‘rganish davomida aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish, imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratish orqali tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish, fuqarolarning murojaatlari bilan manzilli ishlash hamda mahallada amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy loyihalar holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, media rejada belgilangan vazifalarga muvofiq hokim yordamchisi faoliyatining samaradorligi, yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari, aholi daromadlarini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, media rejada belgilangan vazifalar ijrosini izchil davom ettirish hamda aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni deputatlik nazorati doirasida muntazam monitoring qilib borish belgilandi.

Slide 1 of 1