35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
Deputat so‘roviga rasmiy javob olindi

#deputat_so'rovi_javobi Deputat so‘roviga rasmiy javob olindi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati G. Xoliqulova tomonidan Lolazor mahallasidagi “O‘n ikki”, “Amir Temur” hamda “Tibbiyot” ko‘chalarini markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulash masalasi yuzasidan yuborilgan deputat so‘roviga “Samarqand suv ta’minoti” AJ Pastdarg‘om tumani filiali tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.
Javob xatida mazkur hududdagi fuqarolarni markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulash ishlari amaldagi qonunchilik talablari asosida amalga oshirilishi qayd etilgan. Buning uchun murojaatchilar Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza berib, belgilangan tartibda texnik shart olishlari lozimligi ma’lum qilingan.
Shuningdek, texnik shart rasmiylashtirilgandan so‘ng loyiha hujjatlari ishlab chiqilishi va texnik imkoniyatlardan kelib chiqib, ichimlik suvi tarmog‘iga ulash ishlari belgilangan tartibda amalga oshirilishi bildirildi.