Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
DIYOROBOD MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol

DIYOROBOD MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

🧠 Diyorobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati hamda aholiga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy himoya masalalari muhokama qilindi. Bugungi kunda mahalla hududidagi 15 ta ko‘p qavatli uyda 1 208 ta oila va 3 547 nafar fuqaro istiqomat qilmoqda.

📇 Muloqot davomida aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni manzilli tashkil etish hamda ijtimoiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Hozirda mahallada 24 nafar fuqaro ijtimoiy reyestrga kiritilgani qayd etildi.

🗂 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-son Farmonida belgilangan vazifalar asosida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga ijtimoiy xizmat va yordamlarni manzilli ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

📈 Muhokama yakunida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan individual ishlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish orqali masalalarni amaliy hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 3