35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
Maktabgacha ta'lim tashkilotida sanitariya-gigiyena va sog‘lom ovqatlanish masalalari nazorat qilindi
🩺 Maktabgacha ta'lim tashkilotida sanitariya-gigiyena va sog‘lom ovqatlanish masalalari nazorat qilindi

🇺🇿 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva hamda 29-"Allon" saylov okrugi deputati Feruza Salomova hamkorligida "Quyosh" MFY hududida joylashgan 569-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.

💡 O‘rganish davomida muassasaning sanitariya-gigiyena holati, oshxona faoliyati, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va ulardan foydalanish tartibi, mahsulotlarning sifati va xavfsizligi hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

⚖️ Shuningdek, muassasa ma'muriyati va hamshirasi bilan suhbat o‘tkazilib, "Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risida"gi (2001-yil 11-may, 215-II-son) hamda "Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida"gi (2007-yil 3-may, O‘RQ-97-son) qonunlar ijrosi, bolalar salomatligini mustahkamlash, sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish va profilaktik tadbirlarni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

💎 Muassasa hamshirasi ishtirokida tarbiyalanuvchilarga shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish, xususan, qo‘llarni to‘g‘ri va muntazam yuvishning immunitetni mustahkamlash hamda yuqumli kasalliklarning oldini olishdagi ahamiyati yuzasidan amaliy tushuntirish ishlari olib borildi.

📚 O‘rganish ishlari quyidagi qonunchilik hujjatlari ijrosi doirasida amalga oshirildi:
🔹 "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to‘g‘risida"gi Qonun;
🔹 "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida"gi Qonun;
🔹 "Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risida"gi Qonun (2001-yil 11-may, 215-II-son);
🔹 "Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida"gi Qonun (2007-yil 3-may, O‘RQ-97-son); 🔹 "Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida"gi Qonun.

🌈 Bolalarning sog‘lom va xavfsiz muhitda tarbiyalanishini ta'minlash, sanitariya-gigiyena talablariga qat'iy rioya etish hamda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish deputatlik nazoratining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.

⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slide 1 of 10