35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
Oilaviy tadbirkorlik rivoji – xonadon farovonligi omili

Oilaviy tadbirkorlik rivoji – xonadon farovonligi omili

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati O‘. Shukurov Boldir mahallasida joylashgan Xo‘ja qishlog‘i, Muazzam ko‘chasi 15-uyda yashovchi Yusupov Abror xonadonida bo‘lib, oilaviy tadbirkorlik faoliyati bilan tanishdi.

Xonadonda parrandachilik yo‘nalishida ish boshlayotgan oila faoliyati o‘rganildi.

Mazkur xonadonga parrandachilik uchun mo‘ljallangan konteyner subsidiya asosida ajratilgan bo‘lib, jo‘jalar, yem-xashak hamda zarur dori vositalari tegishli tashkilot tomonidan ta’minlab berilmoqda.

Loyiha asosida yetishtirilayotgan parrandalar 35–40 kun davomida parvarish qilinib, belgilangan tartibda sotuvga chiqariladi.

Bu esa oilaga qo‘shimcha daromad manbai yaratish, bandlikni ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish imkonini bermoqda.

Deputat tomonidan xonadon tadbirkoriga faoliyatni yanada rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5