35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
DEPUTAT NAZORATI OSTIDA ELEKTR TA'MINOTI HOLATI O‘RGANILDI VA MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR TASHKIL ETILDI

 📌 Joyiga chiqqan holda olib borilgan o‘rganishlar natijasida mahallalar hududida joylashgan transformator punktining texnik holati mavjud yuklama va foydalanish talablari darajasiga
to‘liq javob bermasligi aniqlandi. Mazkur transformator orqali elektr energiyasi bilan ta'minlanayotgan xonadonlarda elektr uzilishlari kuzatilayotgani, bu esa aholi uchun qator noqulayliklarni keltirib chiqarib, fuqarolarning haqli e'tiroz va murojaatlariga sabab bo‘layotgani qayd etildi.
 

🔹 Aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish hamda elektr ta'minoti tizimining ishonchliligi va barqarorligini oshirish maqsadida deputat tashabbusi bilan tuman elektr tarmoqlari mutaxassislari tomonidan zarur texnik va tashkiliy choralar ko‘rildi. 

Transformatorga qo‘shimcha avtomatik uzatma qurilmasi o‘rnatilib, yangi elektr kabeli tortildi. Mazkur amaliy ishlar elektr tarmog‘idagi yuklamani me'yorlashtirish, avariyaviy holatlar va elektr uzilishlari ehtimolini kamaytirish, eng muhimi esa hudud aholisini sifatli, barqaror va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlashga xizmat qiladi.  

 👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1