35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
#nazorat tadbiri #aholi salomatligi

Yozning issiq kunlari boshlanishi bilan, Olmaliq shahar "Delfin" akvabog'i shahar aholisi va mehmonlarining eng sevimli, gavjum maskaniga aylandi. Fursatdan foydalanib, fuqarolarning dam olishlari uchun yaratilgan sharoitlarni ko'zdan kechirish maqsadida maxsus o'rganish ishlari olib borildi.
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari Mardona Ergashova hamda Zuhra Pulatovalar mazkur akvabog'da bo'lib, quyidagi masalalarni atroflicha o'rgandilar:
✅Aholi uchun yaratilgan qulayliklar: Dam oluvchilarning xavfsizligi va ularga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati;
✅Sanitariya-gigiyena holati: Basseynlardagi suvning tozaligi, filtrlash tizimlarining ishlashi va gigiyenik talablarga mosligi;
✅Fuqarolar talabi: Bog'ga keluvchi aholining fikr-mulohazalari va istaklari.
📌 Muloqot va istiqbolli rejalar:
O'rganish davomida akvabog' rahbariyati va mas'ul xodimlari tomonidan deputatlarga hududda olib borilayotgan ishlar yuzasidan batafsil tushunchalar berildi. Fuqarolarga yanada sifatli va maroqli hordiq ulashish maqsadida, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan muhim vazifalar va rejalar kelishib olindi.

Aholining maroqli va xavfsiz hordiq chiqarishi — doimiy e'tiborda!

Slide 1 of 5