35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
#murojaat_yechim #nazorat

Olmaliq shahar "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning murojaatlari va e’tirozlari yuzasidan mas’ul mutasaddilar ishtirokida tezkor uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotga Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Zulfizar Mirzanova, mahalla yettiligi a’zolari, Toshkent viloyati transport boshqarmasining shahar bo‘yicha vakili Lutfulla O‘rinboyev, shuningdek, "18" va "29"-sonli yo‘nalish rahbarlari hamda Kotibiyat bosh mutaxassislari Mukarram Ne’matullayeva va Muhriddin Begmatovlar jalb etildi.
Uchrashuvning asosiy sababi: Keyingi vaqtlarda aholi tomonidan 18 va 29-sonli yo‘nalishlardagi jamoat transportlarining belgilangan harakat grafigiga amal qilmayotganligi yuzasidan e’tirozlar keskin ko‘payganligi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar, yo‘l transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan joylarda YTHlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar. Mas’ullar mazkur muammolarni tubdan o‘rganib, aniqlik kiritishdi.

Uchrashuv yakunlari va kelishuvlar:
🔹Yo‘nalish mas’ullari tomonidan har bir haydovchi qattiq nazoratga olinib, transport vositalarining grafik asosida harakatlanishi doimiy nazoratga qo‘yildi.
🔹Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan hudud deputati va mahalla raisiga har kuni kunlik ma’lumot taqdim etib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 5