35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining 28-sessiyasida ko‘tarilgan masala yuzasidan tuman Kengashi deputati A. Ibadullayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Suvankulov Boyovut tumani markaziga olib keluvchi D-040 avtomobil yo‘lining 38–43-kilometr oralig‘ida, YHXB binosidan tuman markazigacha bo‘lgan hududda o‘rnatilishi rejalashtirilgan 6 ta zamonaviy yo‘lovchilar kutish bekati loyihalari bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida bekatlarni joylashtirish uchun tanlangan hududlar ko‘zdan kechirilib, ularning fuqarolar uchun qulayligi, shuningdek, yog‘ingarchilik, kuchli shamol va quyosh nurlaridan himoyalanishni ta’minlaydigan zamonaviy talablarga javob berishi yuzasidan muhokamalar olib borildi.

Shuningdek, bekatlar yo‘lovchilar uchun qulay va xavfsiz bo‘lishi, imkon qadar barcha toifadagi fuqarolar, jumladan, keksalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda barpo etilishi bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Mazkur masala yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar deputatlik nazoratida bo‘ladi.

Slide 1 of 4