35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
ISTIROHAT MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ FUQAROLAR BILAN MANZILLI ISHLASH MASALALARI O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi

ISTIROHAT MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ FUQAROLAR BILAN MANZILLI ISHLASH MASALALARI O‘RGANILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O‘zLiDePdan saylangan "3-Istirohat" okrugi deputati Xalmatov Bobur Baxodirovich tashabbusi bilan Istirohat mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda fuqarolarning ijtimoiy masalalari uyma-uy yurib o‘rganish natijalari asosida muhokama qilindi.

📇 O‘rganish davomida mahallada hozirda 31 nafar fuqaro Ijtimoiy reyestrga kiritilgani, shundan 9 nafari davlat ta’minotida ekani ma’lum qilindi. Fuqarolarning ijtimoiy ehtiyojlarini aniqlash, ularga zarur xizmatlarni ko‘rsatish va mavjud muammolarni manzilli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🗣 Xususan, Shamsiya ko‘chasi 15-uyda istiqomat qiluvchi M.Vohidovaning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq murojaati o‘rganildi. Fuqaroning Ijtimoiy reyestrga kiritilishi bilan bog‘liq masala ham muhokama qilinib, unga amaldagi tartib asosida davlat tomonidan ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy yordam va xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari tushuntirildi.

📝 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va zarur yordamlarni tashkil etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

📈 Aniqlangan masalalar deputatlik nazoratiga olinib, fuqarolarga zarur ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish va murojaatlarini hal etish bo‘yicha ishlarni davom ettirish belgilandi.

Slide 1 of 4