35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
Davlat xizmatlar markazi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat E.Shokirov tomonidan tuman Davlat xizmatlari markazi va FHDYo bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida Davlat xizmatlari markazida aholi uchun yaratilgan qulayliklar, navbat kutish tizimi, elektron xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tashkil etilgan sharoitlar, kutish zallari, axborot burchaklari, bank xizmati hamda murojaatchilarga xizmat ko‘rsatish sifati tahlil qilindi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan eng ko‘p ko‘tarilayotgan masalalar, davlat xizmatlarini olish jarayonida uchrayotgan muammolar, hujjatlarni rasmiylashtirish muddatlari va murojaatlarni ko‘rib chiqish amaliyoti o‘rganildi. Murojaatchilar bilan muloqot qilinib, ularning xizmatlardan qoniqish darajasi hamda taklif va fikrlari tinglandi.

FHDYo bo‘limida esa tug‘ilganlik, nikoh tuzish, nikohdan ajralish, vafotni qayd etish, familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish bilan bog‘liq davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlari, arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi hamda raqamli axborot tizimlaridan foydalanish holati ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunida fuqarolarga yanada tezkor, sifatli va shaffof xizmat ko‘rsatish, raqamli xizmatlardan foydalanish ko‘lamini kengaytirish, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda aholiga qulay shart-sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 4