35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
PF–116-SON FARMONI IJROSI YUZASIDAN MIRZO ULUG‘BEK MAHALLASIDA TUSHUNTIRISH SUHBATI O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-son “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyatini aholi va mahalla faollariga yetkazish maqsadida Yunusobod tumanining Mirzo Ulug‘bek mahallasida tushuntirish va targ‘ibot suhbati tashkil etildi.

🤝Tadbirda Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi raisi Ravshan Yusupov, mutasaddi tashkilotlar vakillari, mahalla faollari hamda tegishli soha mas’ullari ishtirok etdi.

📝Suhbat davomida mazkur Farmonda belgilangan vazifalar, xususan, mahalla institutining jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yanada mustahkamlash, jamoatchilik boshqaruvi va nazoratini kuchaytirish, mahallalar faoliyatini raqamlashtirish, aholi bilan manzilli ishlash hamda hududlarda mavjud muammolarni tizimli hal etish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

✅Shuningdek, Farmon ijrosini ta’minlash doirasida mahallalarda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar, davlat organlari va mutasaddi tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish hamda aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌Tadbir yakunida Farmonda belgilangan topshiriqlarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazoratida olib borilishi ta’kidlandi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 2