35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining 4-Novza saylov okrugi deputati, Chilonzor tumani hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev tomonidan "Novza" mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda hudud infratuzilmasini yanada takomillashtirish ishlari yuzasidan navbatdagi o‘rganishlari

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining 4-Novza saylov okrugi deputati, Chilonzor tumani hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev tomonidan "Novza" mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda hudud infratuzilmasini yanada takomillashtirish ishlari yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlarini olib bordi. O‘rganish davomida mahallaning ichki ko‘cha yo‘llari holati, ularni joriy va mukammal ta’mirlashga bo‘lgan ehtiyoj, piyodalar harakati uchun yaratilgan sharoitlar, ko‘chalarning tungi yoritish tizimi, tashqi muhandislik infratuzilmasi hamda boshqaruv kompaniyalari tomonidan ko‘p kvartirali uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (podyezdlari), yerto‘lalari, muhandislik kommunikatsiyalari, sanitariya-gigiyena holati, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi, aholi dam olish maskanlari, bolalar va sport maydonchalari, yashil hududlarning saqlanishi, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, hududlarning tozaligi hamda tashqi yoritish tizimining holati ham o‘rganildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududni yanada obod va qulay yashash maskaniga aylantirish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.
Ta’kidlanganidek, aholi murojaatlari bilan samarali ishlash, hududlardagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, mahallalarda obod, xavfsiz va qulay muhitni yaratish davlat organlari hamda mas’ul tashkilotlarning ustuvor vazifalaridan biridir. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilib, belgilangan vazifalarning ijrosi deputatlik faoliyati hamda Chilonzor tumani hokimligi tomonidan doimiy nazoratda bo‘ladi.

Slide 1 of 6